Law on the Rights of Persons with Disabilities

21-modda. Fuqarolik va erkin harakatlanish huquqi

(21-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)

Nogironligi bo'lgan shaxslar boshqa fuqarolar bilan teng ravishda fuqarolikni olish va o'zgartirish, shuningdek O'zbekiston Respublikasi hududi bo'ylab erkin harakatlanish, O'zbekiston Respublikasiga kirish va O'zbekiston Respublikasidan chiqib ketish huquqiga ega, bundan O'zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun qonunchilikda belgilangan cheklovlar mustasno. Davlat va nodavlat notijorat tashkilotlari, shu jumladan nogironligi bo'lgan shaxslarning jamoat birlashmalari nogironligi bo'lgan shaxslarni ularning yoshi, jinsi va nogironlik shaklini, shuningdek shaxsiy ehtiyojlarini inobatga oluvchi qo'llab-quvvatlash hamda xizmatlar ko'rsatish dasturlarining mavjudligi va qulayligi to'g'risida xabardor qiladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.