Nodavlat notijorat tashkiloti quyidagi huquqlarga ega:
o'z a'zolari va qatnashchilarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini ifodalash hamda himoya qilish;
ijtimoiy hayotning turli masalalariga doir tashabbuslar bilan chiqish, davlat hokimiyati va boshqaruv organlariga takliflar kiritish;
davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining qarorlarini ishlab chiqishda qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda ishtirok etish;
o'z faoliyati to'g'risida axborot tarqatish;
ommaviy axborot vositalarini ta'sis etish hamda belgilangan tartibda noshirlik faoliyatini amalga oshirish;
ustavda belgilangan vazifalarni bajarish uchun tadbirkorlik tuzilmalarini tashkil etish;
o'z ramziy belgilarini ta'sis etish;
o'z faoliyatiga taalluqli masalalar yuzasidan yig'ilishlar, konferentsiyalar o'tkazish;
qonunchilikka muvofiq vakolatxonalar ochish va filiallar tashkil etish.
Nodavlat notijorat tashkiloti qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa huquqlarga ham ega.
lex.uz’dagi asl matn«Nodavlat notijorat tashkilotlari to'g'risida»gi qonun
7-modda. Nodavlat notijorat tashkilotining huquqlari
(7-модда биринчи қисмининг тўртинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.