«Nodavlat notijorat tashkilotlari to'g'risida»gi qonun

24-modda. Nodavlat notijorat tashkilotining ma'lumotlarini yuridik shaxslarning yagona davlat reyestriga kiritish

Davlat ro'yxatidan o'tgan nodavlat notijorat tashkilotlari yuridik shaxslarning hamma tanishib chiqishi uchun ochiq bo'lgan yagona davlat reyestriga kiritiladi. Yuridik shaxslarning yagona davlat reyestrida quyidagilar ko'rsatiladi: ta'sis etilgan sana; nomi va joylashgan yeri; rahbar organlari; vakillar sifatida ish olib borishga vakolatli shaxslar; faoliyat sohasi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.