O'zbekiston Respublikasining qonunlari eng muhim va barqaror ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi hamda O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan yoki referendum o'tkazish yo'li bilan qabul qilinadi.
O'zbekiston Respublikasining qonunlari konstitutsiyaviy qonunlar tarzida qabul qilinishi mumkin.
O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o'zgartish va qo'shimchalar kiritilishini nazarda tutuvchi O'zbekiston Respublikasi qonunlari konstitutsiyaviy qonunlar tarzida qabul qilinadi.
O'zbekiston Respublikasining qonunlari huquqiy printsiplar va normalarni mustahkamlovchi, birlashtiruvchi, tizimlashtiruvchi, shuningdek ijtimoiy munosabatlar eng muhim sohasining huquqiy jihatdan kompleks tartibga solinishini ta'minlovchi kodekslar tarzida qabul qilinishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn«Normativ-huquqiy hujjatlar to'g'risida»gi qonun
9-modda. O'zbekiston Respublikasining qonunlari
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.