«O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi», «O'zbekiston Respublikasi qonunchilik to'plami», «Xalq so'zi» va «Narodnoye slovo» gazetalari, «O'zbekiston Respublikasi qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi» O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari e'lon qilinadigan rasmiy manbalardir.
«O'zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlarining to'plami», «O'zbekiston Respublikasi qonunchilik to'plami», «Xalq so'zi» va «Narodnoye slovo» gazetalari, «O'zbekiston Respublikasi qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi» O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari e'lon qilinadigan rasmiy manbalardir.
«O'zbekiston Respublikasi qonunchilik to'plami», «O'zbekiston Respublikasi qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi», shuningdek vazirliklar va idoralarning rasmiy nashrlari vazirliklar va idoralarning normativ-huquqiy hujjatlari e'lon qilinadigan rasmiy manbalardir.
«O'zbekiston Respublikasi qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi», Mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlarini ishlab chiqish, kelishish va ro'yxatdan o'tkazishning yagona elektron tizimi, shuningdek mahalliy davlat hokimiyati organlarining rasmiy nashrlari mazkur mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari e'lon qilinadigan rasmiy manbalardir.
lex.uz’dagi asl matn«Normativ-huquqiy hujjatlar to'g'risida»gi qonun
39-modda. Normativ-huquqiy hujjatlar e'lon qilinadigan rasmiy manbalar
(39-модданинг тўртинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2024 йил 17 октябрдаги ЎРҚ-976-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 19.10.2024 й., 03/24/976/0833-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.