1. Xususiy mulk o'z mol-mulkiga xususiy tarzda egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish huquqidan iboratdir. Xususiy mulk mulkdorning ishlab chiqarish jarayonida va (yoki) yollanma mehnatni qo'llashda shaxsan bevosita ishtirok etishiga asoslanishi mumkin.
2. Xususiy mulk boshqa mulk shakllari kabi daxlsiz va davlat himoyasidadir. Mulkdor o'z mulkidan faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibdagina mahrum etilishi mumkin.
3. Xususiy mulk fuqarolarning yollanib ishlashdan, tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanishdan olgan daromadlari hamda kredit muassasalariga qo'ygan mablag'laridan, aktsiyalar va boshqa qimmatli qog'ozlardan kelgan daromadlardan, meros bo'yicha va amaldagi qonun hujjatlarida man etilmagan o'zga asoslarga muvofiq mol-mulkka ega bo'lishlari hisobiga hosil etiladi va ko'payib boradi. Fuqarolarning xususiy mulki ularning davlat mulkini xususiylashtirishda ishtirok etishi hisobidan vujudga keltirilishiga ham yo'l qo'yiladi.
4. Fuqaro o'zining mehnat qilish qobiliyati – ishchi kuchini tasarruf etishda mutlaq huquqqa ega. U bu huquqni mustaqil tarzda yoki shartnoma (bitim, ahdlashuv) asosida amalga oshiradi.
5. Uy-joy kooperativining, uy-joy qurish, dala hovli, garaj kooperativi yoki boshqa kooperativning a'zosi foydalanish uchun o'ziga berib qo'yilgan kvartira, dala hovli, garaj yoxud boshqa imorat yoki bino uchun pay badalini batamom to'lagach shu mol-mulkka nisbatan mulkiy huquqni qo'lga kiritadi.
«Toshuyjoyjamg'armabank»ning egasi ko'rsatilgan obligatsiyalariga ega bo'lgan shaxs imtiyozli kreditni to'liq uzsa yoki sotib olinayotgan kvartira qiymatini to'liq to'lasa, ana shu kvartiraning huquqini qo'lga kiritadi;
Davlat va idoraviy uy-joy fondining uyidan turar joyni ijaraga olgan ijarachi va uning oila a'zolari mulkdordan tegishli kvartira yoki uyni (uyning bir qismini) sotib olishga haqlidir.
Mazkur mol-mulkni mulk qilib sotib olganidan keyin fuqaro uni o'z xohishiga ko'ra tasarruf etishga — sotishga, vasiyat qilib qoldirishga, ijaraga berishga, undan garov sifatida foydalanishga, unga doir qonunga zid bo'lmagan boshqa bitimlar tuzishga haqlidir.
6. Xususiy mulk o'z mol-mulkini sarmoya sifatida o'rtaga qo'yish, davlat, kooperativ va o'zga korxonalarning mol-mulkini, ijaraga olingan mol-mulkni sotib olish, mol-mulkni kim oshdi savdosida yoki qonunda yo'l qo'yiladigan o'zga asoslarda xarid etish asnosida yuzaga keladi.
7. Xususiy mulk bo'lishi mumkin bo'lmagan ob'yektlar O'zbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan belgilab qo'yiladi.
8. Qishloq xo'jaligiga mo'ljallanmagan yer uchastkalari qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda hamda shartlarda yuridik va jismoniy shaxslarning xususiy mulki qilib berilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn«Mulkchilik to'g'risida»gi qonun
7-modda. Xususiy mulk
(7-модданинг 8-банди Ўзбекистон Республикасининг 2023 йил 23 октябрдаги ЎРҚ-871-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 25.10.2023 й., 03/23/871/0797-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.