«Mulkchilik to'g'risida»gi qonun

4-modda. Mulkiy huquq sub'yektlari

(4-модданинг номи Ўзбекистон Республикасининг 1993 йил 7 майдаги 851—XII-сон Қонуни таҳририда — Олий Кенгаш Ахборотномаси, 1993 й., 5-сон, 235-модда)

O'zbekiston Respublikasi fuqarolari, jamoalar, ularning birlashmalari, jamoat tashkilotlari va diniy tashkilotlar, fuqarolarning oilaviy va o'zga birlashmalari, mahalliy o'zini o'zi boshqarish idoralari, xalq deputatlarining barcha bo'g'indagi Kengashlari hamda ular vakolat bergan davlat boshqaruvi idoralari, boshqa davlatlar, xalqaro tashkilotlar, boshqa davlatlarning yuridik shaxslari va fuqarolari, fuqaroligi bo'lmagan shaxslar mulkiy huquq sub'yektlaridir. Turli yuridik shaxslar va fuqarolar, shuningdek fuqaroligi bo'lmagan shaxslar aynan bitta mulkning sub'yektlari bo'lishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.