1. Mulkdor o'zga shaxs tomonidan qonunga xilof ravishda egallab olingan mol-mulkini O'zbekiston Respublikasi fuqarolik qonunchiligiga muvofiq talab qilib qaytarib olish huquqiga egadir.
2. Mulkdor o'z huquqini har qanday buzishlarni, garchi bunday buzishlar uni mulkka egalik qilish huquqidan mahrum etish bilan bog'liq bo'lmasa-da, bartaraf etishni talab qilishi mumkin.
3. Mulkiy huquqni himoya qilish sud tomonidan amalga oshiriladi.
4. Ushbu moddada ko'zda tutilgan huquqlar garchi mulkdor bo'lmasa ham, mulkdan operativ boshqarish, meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish yoki qonunda yoxud shartnomada ko'zda tutilgan boshqa hollarda, mol-mulkka egalik qiluvchi shaxsga ham taalluqlidir. Bu shaxs o'z egaligini mulkdordan ham himoya qilish huquqiga ega.
lex.uz’dagi asl matn«Mulkchilik to'g'risida»gi qonun
33-modda. Mulkiy huquqning himoya qilinishi
(33-модданинг 4-банди Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 7 февралдаги ЎРҚ-1025-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 07.02.2025 й., 03/25/1025/0116-сон. Кучга кириш санаси — 2025 йил 8 май)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.