1. O'zbekiston Respublikasining mutlaqo mulkiga:
yer ( qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda, tartibda va shartlarda mulk qilib berilgan yerlardan tashqari), yer osti boyliklari, ichki suvlar, respublika hududi doirasidagi havo havzasi, o'simlik va hayvonot dunyosi;
O'zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining mol-mulki;
jumhuriyat xalqlarining madaniyat va tarixiy boyliklari;
jumhuriyat byudjetining mablag'lari, jumhuriyat va davlat ahamiyatidagi banklar, sug'urta, rezerv fondlari va boshqa davlat fondlari;
davlat ahamiyatiga molik korxonalar, davlat oliy ta'lim tashkilotlari, ijtimoiy-madaniy soha ob'yektlari hamda davlatning respublika istiqlolini va iqtisodiy mustaqilligini ta'minlovchi boshqa mol-mulklari kiradi.
2. Davlat talab-ehtiyojlarini ta'minlash uchun Qoraqalpog'iston Respublikasi tomonidan yer maydonlari hamda boshqa tabiiy zaxiralar va ob'yektlarni berish tartibi Qoraqalpog'iston Respublikasi bilan O'zbekiston Respublikasi o'rtasidagi shartnomada belgilab qo'yiladi.
lex.uz’dagi asl matn«Mulkchilik to'g'risida»gi qonun
19-modda. Davlat mulkining ob'yektlari
(19-модда 1-бандининг олтинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2024 йил 7 сентябрдаги ЎРҚ-957-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 09.09.2024 й., 03/24/957/0689-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.