«Ma'muriy tartib-taomillar to'g'risida»gi qonun

75-modda. Majburiy ijro choralari

Ma'muriy organ qonunda nazarda tutilgan hollarda quyidagi majburiy ijro choralarini qo'llashga haqli: pulga oid majburlov; ma'muriy hujjatda nazarda tutilgan harakatlarni ma'muriy organ yoki boshqa shaxs tomonidan qarzdor hisobiga amalga oshirish; bevosita majburlov. Majburiy ijro chorasi ma'muriy organning ijro hujjati bilan rasmiylashtirilishi kerak. Tegishli ijro hujjatini qabul qilmay turib, majburiy ijro choralarini qo'llashga yo'l qo'yilmaydi. Ma'muriy organ majburiy ijro chorasini tayinlashda ma'muriy tartib-taomillar printsiplariga amal qilishi kerak. Agar tayinlangan majburiy ijro chorasi ma'muriy hujjat talablarining tegishli tarzda va o'z vaqtida ijro etilishini ta'minlamagan bo'lsa, ma'muriy organ og'irroq majburlov chorasini qo'llashga haqli. Qonunda boshqa majburiy ijro choralari ham nazarda tutilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.