«Ma'muriy tartib-taomillar to'g'risida»gi qonun

54-modda. Ma'muriy hujjatning asosliligi

Ma'muriy hujjatning asoslantiruvchi qismida qabul qilingan ma'muriy hujjatning barcha haqiqiy va yuridik asoslari keltirilishi kerak. Ma'muriy hujjatni asoslantirish chog'ida ma'muriy organ tekshirilmagan yoki ma'muriy ish yuritish jarayonida ma'muriy ishga qo'shib qo'yilmagan yoxud ma'muriy ish yuritish ishtirokchilariga tanishish imkoniyati berilmagan dalillarga tayanishga haqli emas. Agar ma'muriy hujjatni qabul qilishda ma'muriy organga ma'muriy ixtiyoriylik (diskretsion vakolat) berilgan bo'lsa, ma'muriy hujjatning asoslantiruvchi qismida u yoki bu ma'muriy ixtiyoriylikka (diskretsion vakolatga) yoxud undan voz kechishga sabab bo'lgan barcha baholar, vajlar va mulohazalar bayon etiladi. Bunda ma'muriy organ o'zi qabul qilgan ma'muriy hujjatning ma'muriy tartib-taomillar printsiplariga muvofiqligini asoslab berishi kerak.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.