«Ma'muriy tartib-taomillar to'g'risida»gi qonun

45-modda. Arizachi tomonidan xatolarni bartaraf etish va yetishmayotgan hujjatlarni taqdim etish

(45-модданинг иккинчи ва учинчи қисмлари Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)

Agar arizada to'g'rilash mumkin bo'lgan xatolar mavjud bo'lsa, ma'muriy organ ularni to'g'rilash uchun arizachiga imkoniyat va muddat beradi. Agar arizaga doir ilovada qonunchilikka binoan talab qilinadigan yoki arizachi havola qilayotgan hujjatlar mavjud bo'lmasa, ularsiz ma'muriy hujjatni qabul qilish imkoni bo'lmagan taqdirda, ma'muriy organ arizachiga yetishmayotgan hujjatlarni taqdim etish imkoniyatini, buning uchun muddat belgilagan holda, berishi kerak. Xatolarni bartaraf etish va yetishmayotgan hujjatlarni taqdim etish uchun ma'muriy organ tomonidan belgilanadigan muddat, agar qonunchilikda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo'lsa, besh ish kunidan kam bo'lmasligi lozim. Ma'muriy organ arizachining iltimosnomasiga binoan ushbu muddatni besh ish kunidan kam bo'lmagan muddatga uzaytirishi kerak. Ma'muriy ish yuritish muddatining o'tishi xatolarni bartaraf etish va yetishmayotgan hujjatlarni taqdim etish vaqtida to'xtatib turiladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.