Manfaatdor shaxslardan biri ma'muriy ish yuritishdan ma'muriy hujjat qabul qilinguniga qadar chiqib ketgan taqdirda, mazkur shaxsni uning huquqiy vorisi bilan almashtirishga, agar bunday huquqiy vorislik qonunchilikka muvofiq mumkin bo'lsa, yo'l qo'yiladi.
Ma'muriy organ o'zgartirilgan, tugatilgan yoki uning nomi o'zgartirilgan taqdirda, qonunchilikka muvofiq huquqiy vorislikka yo'l qo'yiladi.
Huquqiy voris ma'muriy ishga kirishguniga qadar ma'muriy ish yuritish davomida amalga oshirilgan barcha harakatlar o'rnini bo'shatib bergan manfaatdor shaxsga qay darajada majburiy bo'lgan bo'lsa, huquqiy voris uchun ham shu darajada majburiydir.
lex.uz’dagi asl matn«Ma'muriy tartib-taomillar to'g'risida»gi qonun
26-modda. Ma'muriy ish yuritishda huquqiy vorislik
(26-модданинг биринчи ва иккинчи қисмлари Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.