Ma'muriy ish yuritish ishtirokchilari quyidagilardan iborat:
ma'muriy organ;
qabul qilinayotgan ma'muriy hujjat yoki amalga oshirilayotgan ma'muriy harakat o'ziga qaratilgan shaxs (bundan buyon matnda adresat deb yuritiladi);
huquqlari va qonuniy manfaatlariga ma'muriy hujjat yoki ma'muriy harakat daxldor bo'lgan yoxud daxldor bo'lishi mumkin bo'lgan shaxs (bundan buyon matnda uchinchi shaxs deb yuritiladi).
Ma'muriy organ uchinchi shaxslarni ma'muriy ish yuritishda ishtirok etishga o'z tashabbusiga yoki manfaatdor shaxsning iltimosnomasiga ko'ra jalb qilishi mumkin.
Qonunchilikda belgilangan hollarda uchinchi shaxslar ma'muriy ish yuritishda ishtirok etishga majburiy tartibda jalb etiladi.
lex.uz’dagi asl matn«Ma'muriy tartib-taomillar to'g'risida»gi qonun
22-modda. Ma'muriy ish yuritish ishtirokchilari
(22-модданинг учинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.