«Ma'muriy tartib-taomillar to'g'risida»gi qonun

12-modda. Byurokratik rasmiyatchilikka yo'l qo'yilmasligi printsipi

Manfaatdor shaxslarga majburiyatlar orqali qiyinchilik tug'dirish, faqat rasmiy qoidalar va talablarga rioya etilishi maqsadidagina ularga huquqlar berishni rad etish yoki ularning huquqlarini boshqacha tarzda cheklash ma'muriy organlarga taqiqlanadi. Agar manfaatdor shaxs vijdonan harakat qilgan, o'z majburiyatlarini mazmunan bajargan bo'lsa hamda rasmiy qoidalar va talablarning yo'l qo'yilgan buzilishlari ma'muriy ishni mazmunan to'g'ri hal qilishga to'sqinlik qilmasa, manfaatdor shaxs tomonidan rasmiy qoidalar va talablarga rioya etilmaganligi nomuvofiq ma'muriy hujjatni qabul qilish uchun asos bo'lib xizmat qila olmaydi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.