Code of Administrative Court Procedure

96-modda. Dastlabki himoya choralarining bir turini boshqasi bilan almashtirish

Dastlabki himoya choralarining bir turini boshqasi bilan almashtirishga yo'l qo'yiladi. Dastlabki himoya choralari turini almashtirish ishni ko'rayotgan sud tomonidan ishda ishtirok etuvchi shaxsning iltimosnomasiga ko'ra amalga oshirilishi mumkin. Dastlabki himoya choralari turini almashtirish to'g'risidagi masala sud majlisida hal etiladi. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar ushbu Kodeksning 124-moddasida nazarda tutilgan tartibda sud majlisining vaqti va joyi to'g'risida xabardor qilinadi. Biroq ularning kelmaganligi dastlabki himoya choralari turini almashtirish to'g'risidagi masalani ko'rib chiqish uchun to'sqinlik qilmaydi. Dastlabki himoya choralari turini almashtirish to'g'risidagi masalani ko'rib chiqish natijalari bo'yicha ajrim chiqariladi. Dastlabki himoya choralari turini almashtirish haqidagi yoki almashtirishni rad etish to'g'risidagi ajrim ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin. Shikoyat berilishi (protest keltirilishi) ajrimning ijrosini to'xtatib qo'ymaydi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.