Kompleks ekspertiza ish uchun ahamiyatga molik holatlarni faqat turli maxsus bilim sohalaridan foydalangan holda bir nechta tekshirish o'tkazish yo'li bilan aniqlash mumkin bo'lgan hollarda tayinlanadi.
Kompleks ekspertizani o'tkazishda ekspertlarning har biri o'z vakolati doirasida tekshirishlar olib boradi. Kompleks ekspertizaning xulosasida ekspertlarning har biri qaysi tekshirishlarni va qancha hajmda olib borganligi, qaysi faktlarni shaxsan o'zi aniqlaganligi hamda qanday xulosalarga kelganligi ko'rsatiladi. Ekspertlarning har biri xulosaning ushbu tekshirishlar bayon etilgan qismini imzolaydi va ular uchun javobgar bo'ladi.
Umumiy xulosa (xulosalar) olingan natijalarni baholashga va ushbu xulosani (xulosalarni) shakllantirishga vakolatli bo'lgan ekspertlar tomonidan chiqariladi. Agar ekspertlar komissiyasi yakuniy xulosasining yoki uning bir qismining asosi ekspertlardan biri (alohida ekspertlar) tomonidan aniqlangan faktlardan iborat bo'lsa, bu haqda xulosada ko'rsatilishi kerak.
Ekspertlar o'rtasida kelishmovchiliklar kelib chiqqan taqdirda, ularning har biri kelishmovchiliklar kelib chiqqan barcha yoki ayrim masalalar bo'yicha alohida xulosa beradi.
Agar kompleks ekspertizani o'tkazish davlat sud-ekspertiza muassasasiga yoki nodavlat sud-ekspertiza tashkilotiga topshirilgan bo'lsa, ekspertizani tashkil etish uning rahbari zimmasiga yuklatiladi.
lex.uz’dagi asl matnCode of Administrative Court Procedure
84-modda. Kompleks ekspertiza
(84-модданинг бешинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2022 йил 3 августдаги ЎРҚ-786-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 04.08.2022 й., 03/22/786/0705-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.