Qo'shimcha ekspertiza ekspert (ekspertlar komissiyasi) xulosasidagi bo'shliqlarni to'ldirish uchun tayinlanadi va shu yoki boshqa ekspert (ekspertlar komissiyasi) tomonidan o'tkaziladi.
Ekspert (ekspertlar komissiyasi) xulosasi asoslanmagan bo'lsa yoki uning to'g'riligiga shubha tug'ilganda yoxud unga asos qilib olingan dalillar ishonchli emas deb topilganda yoki ekspertizani o'tkazishning protsessual qoidalari jiddiy buzilganda takroriy ekspertiza tayinlanadi.
Takroriy ekspertiza tayinlanganda ekspert (ekspertlar komissiyasi) oldiga ilgari qo'llanilgan tekshirish usullarining ilmiy asoslanganligi to'g'risidagi masala qo'yilishi mumkin.
Takroriy ekspertizani tayinlash to'g'risidagi ajrimda takroriy ekspertizani tayinlagan sudning birinchi (oldingi) ekspertiza xulosasiga rozi emasligi sabablari ko'rsatilishi lozim.
Takroriy ekspertizani o'tkazish boshqa ekspertga (ekspertlar komissiyasiga) topshiriladi. Birinchi (oldingi) ekspertizani o'tkazgan ekspert (ekspertlar komissiyasi) takroriy ekspertizani o'tkazishda hozir bo'lishi va tushuntirishlar berishi mumkin, lekin u tekshirishda va xulosa tuzishda ishtirok etmaydi.
lex.uz’dagi asl matnCode of Administrative Court Procedure
81-modda. Qo'shimcha va takroriy ekspertizalar
Oddiy tilda
**Qo'shimcha va takroriy ekspertizalar**
**Nimani anglatadi**
Qo'shimcha ekspertiza — birinchi ekspertizada javob berilmagan savollarni yechish uchun tayinlanadi. Takroriy ekspertiza — agar birinchi ekspertiza noto'g'ri, asoslanmagan yoki qoidalarga zid bo'lsa, boshqa ekspert tomonidan qayta o'tkaziladi.
**Kimga tegishli**
Ushbu qoidalar administrativ sudda davalar ko'rib chiqilayotganda ekspertizalarni tayinlash va o'tkazish tartibiga tegishli.
**Amalda**
Masalan, sud tibbiy ekspertizani tayinladi, lekin ekspert faqat kasallikning turini aniqladi, lekin ish qobiliyatini yo'qotish darajasini yozib qo'ymadi. Sud qo'shimcha ekspertiza tayinlaydi. Agar birinchi ekspertiza noto'g'ri bo'lsa, boshqa ekspertga takroriy ekspertiza beradi.
Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.