Ish uchun ahamiyatga ega bo'lgan holatlar to'g'risidagi ma'lumotlarni o'z ichiga olgan hujjatlar, shartnomalar, ma'lumotnomalar, amaliy yozishmalar, shu jumladan faksimil, elektron yoki boshqa aloqa vositasida yoxud hujjatning ishonchliligini aniqlash imkonini beruvchi boshqa usulda olingan o'zga hujjatlar va materiallar yozma dalillardir.
Yozma dalillar asl nusxada yoki tegishli tarzda tasdiqlangan ko'chirma nusxada taqdim etiladi. Agar ko'rilayotgan ishga hujjatning faqat bir qismi aloqador bo'lsa, uning tasdiqlangan ko'chirmasi taqdim etilishi mumkin.
Ish holatlari qonunchilikka muvofiq hujjatlarning faqat asl nusxalari bilan tasdiqlanishi lozim bo'lsa, shuningdek boshqa zarur hollarda sudning talabi bilan ularning asl nusxalari taqdim etiladi.
Sudga taqdim etiladigan, to'liq yoki qisman chet tilida tuzilgan yozma dalillarga ularning tegishli tarzda tasdiqlangan tarjimalari ilova qilinadi.
Chet davlatda olingan hujjat, agar u qonunchilikda belgilangan tartibda legallashtirilgan bo'lsa, sudda yozma dalil deb tan olinadi.
O'zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida nazarda tutilgan hollarda chet davlatda olingan hujjat legallashtirilmasdan sudda yozma dalil deb tan olinadi.
lex.uz’dagi asl matnCode of Administrative Court Procedure
74-modda. Yozma dalillar
(74-модданинг учинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.