Code of Administrative Court Procedure

68-modda. Dalillarni taqdim etish va talab qilib olish

(68-модданинг биринчи ва иккинчи қисмлари Ўзбекистон Республикасининг 2023 йил 26 апрелдаги ЎРҚ-833-сонли Қонунига асосан биринчи, иккинчи ва учинчи қисмлар билан алмаштирилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 27.04.2023 й., 03/23/833/0236-сон)

Taraflar o'z talablarini yoki e'tirozlarini qaysi dalillar bilan asoslab berayotgan bo'lsa, o'z ixtiyoridagi ushbu barcha dalillarni sudga taqdim etishi shart. Ma'muriy organ ham ma'muriy sud ishlarini yuritishning barcha materiallarini taqdim etishi shart. Agar taqdim etilgan dalillar ishni to'g'ri hal qilish uchun yetarli bo'lmasa, sud o'z tashabbusiga yoki ishda ishtirok etuvchi shaxslarning iltimosnomasiga ko'ra qo'shimcha dalillarni talab qilib oladi. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar biron-bir dalilni yo'q qilishga yoki yashirishga yoxud dalilni tekshirishga va baholashga dalillarni olishni imkonsiz qilib qo'ygan yoki qiyinlashtirgan holda boshqacha tarzda monelik qilishga haqli emas. Bunday holda sud monelik qilayotgan tarafning zimmasiga, ushbu Kodeksda belgilangan qoidalardan qat'i nazar, isbotlash majburiyatini yuklatishi mumkin. Ishda ishtirok etuvchi shaxs ishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etmayotgan shaxsdagi zarur dalillarni mustaqil olish imkoniga ega bo'lmasa, o'sha dalilni talab qilib olish to'g'risida sudga iltimosnoma bilan murojaat qilishga haqli. Iltimosnomada ushbu dalil bilan ish uchun ahamiyatga ega bo'lgan qanday holatlar aniqlanishi mumkinligi, dalilning alomatlari va u turgan joy ko'rsatilishi kerak. Dalilni talab qilib olish to'g'risida sud tomonidan ajrim chiqarilib, unda ushbu dalilni taqdim etish muddati va tartibi ko'rsatiladi. Ajrimning ko'chirma nusxasi ishda ishtirok etayotgan shaxslarga, shuningdek sud tomonidan talab qilinayotgan dalilni saqlayotgan shaxsga, yuboriladi. Sud talab qilayotgan dalilni saqlayotgan shaxs uni bevosita sudga yuboradi yoki sudga topshirish uchun tegishli ajrimni taqdim etgan shaxsga beradi. Agar shaxs sud talab qilayotgan dalilni taqdim etish imkoniyatiga ega bo'lmasa yoki sud belgilagan muddatda taqdim eta olmasa, u shu muddat ichida bu haqda sudni sabablarni ko'rsatgan holda xabardor qilishi shart. Dalilni saqlayotgan shaxs talab qilinayotgan dalilni taqdim etish majburiyatini sud uzrsiz deb topgan sabablarga ko'ra bajarmagan taqdirda, uni saqlayotgan shaxsga ushbu Kodeksda belgilangan tartibda jarima solinadi. Talab qilinayotgan dalilga ega bo'lgan shaxsga jarima solinishi uni dalilni sudga taqdim etish majburiyatidan ozod qilmaydi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.