Code of Administrative Court Procedure

39-modda. Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning huquq va majburiyatlari

Ishda ishtirok etuvchi shaxslar ish materiallari bilan tanishish, ulardan ko'chirmalar olish, ko'chirma nusxa olish, rad qilish to'g'risida arz qilish, dalillar taqdim etish, dalillarni tekshirishda ishtirok etish, savollar berish, iltimosnomalar kiritish, arz qilish, sudga og'zaki va yozma tushuntirishlar berish, ishni ko'rish davomida yuzaga keladigan barcha masalalar bo'yicha o'z vajlarini, xulosalarini taqdim qilish, ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning iltimosnomalari, vajlariga e'tiroz bildirish, sud hujjatlari ustidan shikoyat qilish (protest keltirish) hamda ushbu Kodeksda o'zlariga berilgan boshqa protsessual huquqlardan foydalanish huquqiga ega. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar ushbu Kodeksda nazarda tutilgan protsessual majburiyatlarga ega va ular o'zlariga tegishli barcha protsessual huquqlardan insofli ravishda foydalanishi kerak.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.