Sudda o'z huquq va majburiyatlarini amalga oshirish layoqati voyaga yetgan fuqarolar va yuridik shaxslarga tegishlidir.
Voyaga yetmagan shaxs qonunda o'n sakkiz yoshgacha nikoh qurish mumkin bo'lgan holda — nikoh qurgan vaqtdan boshlab, shuningdek u qonunda belgilangan tartibda to'liq muomalaga layoqatli deb e'lon qilingan holda (emansipatsiya) sudda o'z protsessual huquqlarini shaxsan amalga oshirishi va protsessual majburiyatlarini bajarishi mumkin.
O'n to'rt yoshdan o'n sakkiz yoshgacha bo'lgan voyaga yetmagan shaxsning, shuningdek muomala layoqati cheklangan deb topilgan fuqaroning huquqlari, erkinliklari va qonun bilan qo'riqlanadigan manfaatlari sudda ularning qonuniy vakillari (ota-onalari, ularni farzandlikka olganlar, homiylar, tarbiyalovchi, davolovchi muassasalar yoki boshqa shunga o'xshash muassasalar ma'muriyati) tomonidan himoya qilinadi. Biroq, sud voyaga yetmagan shaxsning o'zini yoki muomala layoqati cheklangan fuqaroni bunday ishlarda ishtirok etishga jalb qilishga haqli.
Qonunda nazarda tutilgan hollarda, ma'muriy huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan ishlar bo'yicha voyaga yetmagan shaxs sudda o'z huquqlarini va qonun bilan qo'riqlanadigan manfaatlarini shaxsan himoya qilish huquqiga ega. Biroq, sud voyaga yetmagan shaxsning qonuniy vakillarini bunday ishlarda ishtirok etishga jalb qilishga haqli.
O'n to'rt yoshga to'lmagan voyaga yetmagan shaxsning, shuningdek ruhiy holati buzilganligi (ruhiy kasalligi yoxud aqli zaifligi) natijasida muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqaroning huquqlari, erkinliklari va qonun bilan qo'riqlanadigan manfaatlari sudda ularning qonuniy vakillari tomonidan himoya qilinadi.
lex.uz’dagi asl matnCode of Administrative Court Procedure
36-modda. Ma'muriy protsessual muomala layoqati
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.