Sud tomonidan sudlovga tegishlilik qoidalariga rioya etilgan holda qabul qilib olingan ish, garchi keyinchalik boshqa ma'muriy sudning sudloviga tegishli bo'lib qolsa ham, ilgarigi sud tomonidan mazmunan ko'rilishi kerak.
Sud ishni quyidagi hollarda boshqa ma'muriy sudga o'tkazadi, agar:
1) ish sudlovga tegishlilik qoidasini buzgan holda qabul qilinganligi ishni shu sudda ko'rish vaqtida ma'lum bo'lsa;
2) bir yoki bir nechta sudya rad qilinganidan keyin ularni mazkur sudda almashtirish mumkin bo'lmay qolsa, shuningdek ishni ushbu sudda ko'rish mumkin bo'lmay qolgan boshqa hollarda.
Ishni boshqa ma'muriy sudda ko'rishga o'tkazish to'g'risida ajrim chiqariladi.
Bir suddan boshqa sudga yuborilgan ish u yuborilgan sudda ko'rish uchun qabul qilib olinishi kerak.
Ma'muriy sudlar o'rtasida sudlovga tegishlilik to'g'risidagi nizolarga yo'l qo'yilmaydi.
lex.uz’dagi asl matnCode of Administrative Court Procedure
34-modda. Ishni bir ma'muriy suddan boshqasiga o'tkazish
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.