Code of Administrative Court Procedure

288-modda. Ijro varaqasini chaqirib olish va yangi ijro varaqasini berish

Sud yozuvdagi xatolar, harfiy xatolar, arifmetik xatolar bilan berilgan, shuningdek o'zgartirilgan (bekor qilingan) sud hujjati asosida berilgan ijro varaqasini undiruvchining, qarzdorning, davlat ijrochisining arizasiga yoki o'z tashabbusiga ko'ra taraflarni chaqirtirmasdan hamda sud muhokamasisiz chaqirib olishga va uning o'rniga yangi ijro varaqasini berishga haqli. Ijro varaqasini chaqirib olish va yangi ijro varaqasini berish to'g'risidagi arizani ko'rib chiqish natijalari bo'yicha ajrim chiqariladi, uning ko'chirma nusxasi undiruvchiga, qarzdorga, shuningdek, agar sud qarorining ijrosi davlat ijrochisining ish yurituvida bo'lsa, davlat ijrochisiga yuboriladi. Yozuvdagi xatolar, harfiy xatolar, arifmetik xatolar bilan berilgan yoki o'zgartirilgan (bekor qilingan) sud hujjati asosida berilgan ijro varaqasi undiruvchi yoki davlat ijrochisi tomonidan uni bergan sudga ijro etilmasdan qaytariladi. Ijro varaqasini chaqirib olish va yangi ijro varaqasini berish to'g'risidagi ajrim ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.