Code of Administrative Court Procedure

266⁷-modda. Taftish instantsiyasi sudining vakolatlari

Sud shikoyatni (protestni) taftish tartibida ko'rish natijalari bo'yicha quyidagilarga haqli: 1) hal qiluv qarorini, qarorni o'zgarishsiz qoldirishga; 2) hal qiluv qarorini, qarorni to'liq yoki qisman bekor qilishga va yangi qaror qabul qilishga; 3) ushbu Kodeks 244-moddasi beshinchi qismining 3 va 6-bandlarida nazarda tutilgan asoslar mavjud bo'lganda qarorni bekor qilishga va ishni yangidan ko'rish uchun sud hujjati bekor qilingan apellyatsiya yoki kassatsiya instantsiyasi sudiga yuborishga; 4) hal qiluv qarorini, qarorni o'zgartirishga; 5) hal qiluv qarorini, qarorni to'liq yoki qisman bekor qilishga va ish yuritishni tugatishga yoxud arizani (shikoyatni) to'liq yoki qisman ko'rmasdan qoldirishga; 6) ayrim sud hujjatlarini bekor qilishga va ish bo'yicha ilgari qabul qilingan sud hujjatlaridan birini o'z kuchida qoldirishga; 7) ushbu Kodeks 244-moddasi beshinchi qismining 7-bandida nazarda tutilgan asos mavjud bo'lgan taqdirda, hal qiluv qarorini, qarorni bekor qilishga va ish materiallarini sudga taalluqliligiga ko'ra boshqa sudga yuborishga. Sud xarajatlarini taqsimlash to'g'risidagi masala hal qilinmaganligi yoki noto'g'ri hal qilinganligi sudning hal qiluv qarorini bekor qilish yoki o'zgartirish uchun asos bo'lmaydi. Bu holda qarorning xulosa qismida sud xarajatlari ushbu Kodeksning 115-moddasida nazarda tutilgan tartibda taqsimlanishi ko'rsatiladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.