Ish ushbu Kodeksda belgilangan qoidalar bo'yicha, mazkur bobda nazarda tutilgan o'ziga xos xususiyatlar inobatga olingan holda taftish tartibida ko'riladi.
Ishni taftish tartibida ko'rish raislik qiluvchining yoki sudyalardan birining ma'ruzasi bilan boshlanadi.
Ma'ruzachi ishning holatlarini, ish bo'yicha qabul qilingan sud hujjatlarining mazmunini, taftish tartibidagi shikoyatda (protestda) keltirilgan vajlarni, unga doir kelib tushgan yozma fikrlarni bayon qiladi. Shundan so'ng sud majlisida hozir bo'lgan ishda ishtirok etuvchi shaxslarning tushuntirishlari eshitiladi.
Dastlab taftish tartibida shikoyat bergan shaxs yoki uning vakili tushuntirish beradi, agar ish prokurorning protesti bo'yicha ko'rilayotgan bo'lsa, dastlab prokuror so'zga chiqadi. Sud hujjati ustidan har ikkala taraf tomonidan shikoyat berilgan taqdirda, birinchi bo'lib arizachi so'zga chiqadi.
Ushbu Kodeksning 47-moddasida nazarda tutilgan tartibda ishda ishtirok etuvchi davlat organlari va boshqa shaxslar, agar ular sud hujjati ustidan shikoyat bermagan bo'lsa, sudda taraflar va uchinchi shaxslardan keyin so'zga chiqadi.
Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning tushuntirishlari eshitilganidan keyin taftish instantsiyasi sudi qaror qabul qilish uchun maslahatxonaga kiradi.
Taftish instantsiyasi sudining qarori ishni ko'rish tugashi bilanoq darhol qabul qilinadi.
Alohida hollarda asoslantirilgan qarorni tayyorlash besh kungacha bo'lgan muddatga kechiktirilishi mumkin, biroq sud uning qaror qismini sud muhokamasi tamomlangan majlisning o'zidayoq e'lon qilishi kerak.
Sudyalar maslahatlashuvi, qaror chiqarish va uni o'qib eshittirish ushbu Kodeksda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
lex.uz’dagi asl matnCode of Administrative Court Procedure
266⁴-modda. Ishni taftish instantsiyasi sudida ko'rish tartibi
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.