Code of Administrative Court Procedure

259-modda. Taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) Qoraqalpog'iston Respublikasi ma'muriy sudi, viloyatlar va Toshkent shahar ma'muriy sudlari, O'zbekiston Respublikasi Harbiy sudi tomonidan ish yuritishga qabul qilish

Ushbu Kodeksda shakl va mazmunga nisbatan belgilangan talablarga rioya qilingan holda berilgan taftish tartibidagi shikoyat (protest) ish yuritishga qabul qilinadi va sud muhokamasida ko'rib chiqish uchun tayinlanadi. Taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) ish yuritishga qabul qilish to'g'risidagi ajrimda quyidagilar ko'rsatilishi kerak: 1) ajrim chiqarilgan sana va joy; 2) ajrim chiqargan sudyaning familiyasi va ismi-sharifining bosh harflari; 3) shikoyatni (protestni) bergan shaxsning nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi); 4) ustidan shikoyat berilgan (protest keltirilgan) sud hujjatlari; 5) sud majlisini o'tkazish vaqti va joyi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.