Taftish tartibidagi shikoyatda (protestda) quyidagilar ko'rsatilishi kerak:
1) shikoyat (protest) yo'llanayotgan taftish instantsiyasi sudining nomi;
2) shikoyat (protest) berayotgan shaxsning nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi), uning joylashgan yeri (pochta manzili yoki yashash joyi);
3) ustidan shikoyat (protest) berilayotgan hal qiluv qarorini, qarorni qabul qilgan sudning nomi;
4) ishning raqami, hal qiluv qarori, qaror qabul qilingan sana;
5) shikoyat (protest) berayotgan shaxsning talablari va shikoyat (protest) berayotgan shaxs sud hujjatini qonunlarga yoki boshqa qonunchilik hujjatlariga, ish holatlariga hamda dalillarga havola qilgan holda noto'g'ri deb hisoblashiga oid asoslar;
6) shikoyatga (protestga) ilova qilinayotgan hujjatlar ro'yxati.
Ishda ishtirok etmagan shaxsning taftish tartibidagi shikoyatida ustidan shikoyat qilinayotgan, qonuniy kuchga kirgan sud hujjati bilan uning qanday huquqlari, erkinliklari yoki qonuniy manfaatlari buzilganligi ko'rsatilishi kerak.
Taftish tartibidagi shikoyatda (protestda) shikoyatni (protestni) bergan shaxsning yoxud uning vakilining telefonlari, fakslari raqamlari, elektron manzili ko'rsatilishi mumkin.
Taftish tartibidagi shikoyat shikoyatni berayotgan shaxs yoki uning vakili tomonidan imzolangan bo'lishi kerak. Protest uni keltirgan mansabdor shaxs tomonidan imzolangan bo'lishi kerak.
lex.uz’dagi asl matnCode of Administrative Court Procedure
253-modda. Taftish tartibidagi shikoyatning (protestning) mazmuni
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.