Rad qilish to'g'risida arz qilingan taqdirda, sud ishda ishtirok etuvchi shaxslarning fikrini, agar rad qilinishi talab etilayotgan shaxs tushuntirish berishni xohlasa, uning ham fikrini eshitadi.
Ishni yakka tartibda ko'rayotgan sudyani rad qilish to'g'risidagi masala sud raisi tomonidan hal qilinadi.
Ish hay'at tarkibida ko'rilayotganda sudyani rad qilish to'g'risidagi masala rad qilinishi talab etilayotgan sudyaning ishtirokisiz sud tarkibining ko'pchilik ovozi bilan hal qilinadi. Rad qilishni yoqlab va unga qarshi berilgan ovozlar soni teng bo'lib qolsa, sudya rad qilingan hisoblanadi.
Bir nechta sudyani yoki ishni ko'rayotgan sudning butun tarkibini rad qilish to'g'risidagi masala shu sud tarkibi tomonidan oddiy ko'pchilik ovoz bilan hal qilinadi.
Prokuror, ekspert, mutaxassis, sud majlisi kotibining va tarjimonning o'zini o'zi rad qilishi yoki ularni rad qilish to'g'risidagi masala ishni ko'rayotgan sud tomonidan hal etiladi.
Sudyaning o'zini o'zi rad qilish to'g'risidagi masala ushbu moddada nazarda tutilgan tartibda hal etiladi.
Rad qilish to'g'risidagi masalani ko'rish natijalari bo'yicha ajrim chiqariladi.
lex.uz’dagi asl matnCode of Administrative Court Procedure
24-modda. Rad qilish to'g'risidagi arizani hal etish tartibi
(24-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 12 январдаги ЎРҚ-662-сонли Қонуни таҳририда — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 13.01.2021 й., 03/21/662/0012-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.