Kassatsiya shikoyati (protesti) sudya tomonidan quyidagi hollarda qaytariladi, agar:
1) kassatsiya shikoyati (protesti) imzolanmagan bo'lsa yoxud uni imzolash huquqiga ega bo'lmagan shaxs tomonidan yoki mansab mavqei yoki familiyasi, ismi-sharifining bosh harflari ko'rsatilmagan shaxs tomonidan imzolangan bo'lsa;
2) kassatsiya shikoyatining (protestining) shakliga va mazmuniga nisbatan ushbu Kodeksning 228-moddasida belgilangan talablarga rioya etilmagan yoki kassatsiya shikoyatiga (protestiga) ushbu Kodeks 230-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan hujjatlar ilova qilinmagan bo'lsa;
3) kassatsiya shikoyatiga (protestiga) uning ko'chirma nusxalari ishda ishtirok etuvchi shaxslarga yuborilganligiga doir dalillar ilova qilinmagan bo'lsa;
4) davlat boji va pochta xarajatlari belgilangan tartibda va miqdorda to'langanligini tasdiqlovchi hujjat kassatsiya shikoyatiga ilova qilinmagan bo'lsa, qonunda davlat bojini to'lash muddatini kechiktirish, bo'lib-bo'lib to'lash imkoniyati nazarda tutilgan hollarda esa bu haqda iltimosnoma mavjud bo'lmasa yoxud iltimosnoma rad etilgan bo'lsa;
5) kassatsiya shikoyati (protesti) belgilangan muddat o'tganidan keyin berilgan bo'lsa va o'tkazib yuborilgan muddatni tiklash to'g'risida iltimosnoma mavjud bo'lmasa;
6) shikoyat (protest) bergan shaxsdan uni qaytarib olish (chaqirib olish) to'g'risida kassatsiya shikoyati (protesti) ish yuritishga qabul qilinganligi to'g'risida sud ajrimi chiqarilguniga qadar ariza kelib tushgan bo'lsa;
7) shikoyat (protest) hal qiluv qarorini qabul qilgan sud chetlab o'tgan holda yuborilgan bo'lsa.
Kassatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish to'g'risidagi ajrimda kassatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish asoslari ko'rsatiladi, kassatsiya shikoyatini berish chog'ida to'langan davlat bojini qaytarish to'g'risidagi masala hal etiladi.
Kassatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish to'g'risidagi ajrimning ko'chirma nusxasi shikoyatni (protestni) bergan shaxsga shikoyat (protest) va unga ilova qilingan hujjatlar bilan birga yuboriladi.
Kassatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish to'g'risidagi ajrim ustidan taftish shikoyati (protesti) berilishi mumkin.
Kassatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish to'g'risidagi ajrim bekor qilingan taqdirda, kassatsiya shikoyati (protesti) dastlab sudga murojaat qilingan kunda berilgan hisoblanadi.
Shikoyat (protest) bergan shaxs ushbu moddaning birinchi qismida ko'rsatilgan holatlar bartaraf etilganidan keyin kassatsiya shikoyati (protesti) bilan sudga umumiy tartibda yangidan murojaat qilishga haqli.
lex.uz’dagi asl matnCode of Administrative Court Procedure
234-modda. Kassatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish
(234-модда Ўзбекистон Республикасининг 2023 йил 25 декабрдаги ЎРҚ-889-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 27.12.2023 й., 03/23/889/0978-сон — 2024 йил 1 январдан кучга киради)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.