Apellyatsiya instantsiyasi sudi apellyatsiya shikoyati (protesti) bo'yicha ish yuritishni quyidagi hollarda tugatadi, agar:
1) apellyatsiya shikoyati (protesti) ushbu Kodeksga muvofiq apellyatsiya tartibida shikoyat qilinmaydigan sud hujjati ustidan berilgan va xatoga yo'l qo'yilib, ish yuritishga qabul qilingan bo'lsa;
2) apellyatsiya shikoyati (protesti) apellyatsiya tartibida ko'rilgan sud hujjati ustidan berilgan va u apellyatsiya instantsiyasi sudi tomonidan xatoga yo'l qo'yilib, ish yuritishga qabul qilingan bo'lsa;
3) apellyatsiya shikoyati sud hujjati ustidan shikoyat qilish huquqiga ega bo'lmagan shaxs tomonidan berilgan bo'lsa;
4) apellyatsiya shikoyati ish yuritishga qabul qilinganidan so'ng shikoyat bergan shaxs tomonidan shikoyatdan voz kechish to'g'risida ariza kelib tushgan va voz kechish apellyatsiya instantsiyasi sudi tomonidan qabul qilingan bo'lsa;
5) apellyatsiya protesti ish yuritishga qabul qilinganidan so'ng protest keltirgan prokuror yoki yuqori turuvchi prokuror tomonidan protestni chaqirib olish to'g'risida ariza kelib tushgan bo'lsa;
6) apellyatsiya shikoyati (protesti) bo'yicha sud hujjati qabul qilinguniga qadar ishda taraf bo'lgan yuridik shaxs tugatilgan bo'lsa;
7) apellyatsiya shikoyati (protesti) bo'yicha sud hujjati qabul qilinguniga qadar ishda taraf bo'lgan fuqaro vafot etsa, nizoli huquqiy munosabat esa huquqiy vorislikka yo'l qo'ymasa.
Agar apellyatsiya shikoyatida (protestida) shikoyat qilinayotgan (protest keltirilayotgan) hal qiluv qarorini qabul qilgan birinchi instantsiya sudida ko'rib chiqish predmeti bo'lmagan yangi talablar arz qilingan bo'lsa, apellyatsiya instantsiyasi sudi apellyatsiya shikoyatining (protestining) shu talablarga taalluqli qismi bo'yicha ish yuritishni tugatadi.
Apellyatsiya shikoyati (protesti) bo'yicha ish yuritishni tugatish to'g'risida sud ajrim chiqaradi, uning ko'chirma nusxalari ishda ishtirok etuvchi shaxslarga ushbu Kodeksning 171-moddasida nazarda tutilgan tartibda yuboriladi.
Apellyatsiya shikoyati (protesti) bo'yicha ish yuritishni tugatish to'g'risidagi ajrim ustidan taftish tartibida shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.
Apellyatsiya shikoyati (protesti) bo'yicha ish yuritish tugatilgan taqdirda, ayni bir shaxsning ayni shu asoslar bo'yicha apellyatsiya shikoyati (protesti) bilan sudga takroran murojaat qilishiga yo'l qo'yilmaydi.
lex.uz’dagi asl matnCode of Administrative Court Procedure
214-modda. Apellyatsiya shikoyati (protesti) bo'yicha ish yuritishni tugatish
(214-модда биринчи қисмининг 1-банди Ўзбекистон Республикасининг 2023 йил 25 декабрдаги ЎРҚ-889-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 27.12.2023 й., 03/23/889/0978-сон — 2024 йил 1 январдан кучга киради)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.