Ishda ishtirok etuvchi shaxs apellyatsiya shikoyatining (protestining) ko'chirma nusxasini olganidan keyin uning yuzasidan yozma fikrini hamda ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga yozma fikrning ko'chirma nusxalari yuborilganligini tasdiqlovchi dalillarni apellyatsiya shikoyati (protesti) ko'rib chiqiladigan kungacha yetib borishini ta'minlaydigan muddatda sudga yuborishga haqli.
Apellyatsiya shikoyati (protesti) yuzasidan yozma fikr ishda ishtirok etuvchi shaxs yoki uning vakili tomonidan imzolanadi. Vakil tomonidan imzolangan yozma fikrga uning ishni yuritishga bo'lgan vakolatini tasdiqlovchi ishonchnoma ilova qilinadi.
Apellyatsiya shikoyati (protesti) yuzasidan yozma fikrga ilgari taqdim etilmagan hujjatlar ilova qilinishi mumkin. Bu holda yozma fikrga ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga ularda mavjud bo'lmagan hujjatlarning ko'chirma nusxalari yuborilganligini tasdiqlovchi dalillar ilova qilinadi.
lex.uz’dagi asl matnCode of Administrative Court Procedure
211-modda. Apellyatsiya shikoyati (protesti) yuzasidan yozma fikr
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.