Code of Administrative Court Procedure

2-modda. Ma'muriy sud ishlarini yuritish vazifalari

Ma'muriy sud ishlarini yuritish vazifalari quyidagilardan iborat: ma'muriy organlar bilan munosabatlarda qonun ustuvorligini, fuqarolar, shuningdek korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning (bundan buyon matnda yuridik shaxslar deb yuritiladi) huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta'minlash; ma'muriy va boshqa ommaviy huquqiy munosabatlar sohasida fuqarolar va yuridik shaxslarning buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish; ma'muriy va boshqa ommaviy huquqiy munosabatlar sohasida qonuniylikni mustahkamlash hamda huquqbuzarliklarning oldini olishga ko'maklashish; qonunga va sudga nisbatan hurmat munosabatini shakllantirish.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.