Sud tomonidan ish hay'at tarkibida ko'rilayotganda yuzaga keladigan masalalar sudyalar tomonidan ko'pchilik ovoz bilan hal qilinadi. Sudyalarning birortasi ovoz berishda betaraf qolishga haqli emas. Sud majlisda raislik qiluvchi sudya hammadan keyin ovoz beradi.
Ko'pchilikning fikriga qo'shilmagan sudya sud hujjatiga imzo qo'yishi shart va u o'zining alohida fikrini yozma shaklda bayon qilishga haqli, alohida fikr muhrlangan konvertda ishga qo'shib qo'yiladi, lekin e'lon qilinmaydi. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar sudyaning alohida fikri bilan tanishtirilmaydi.
Yuqori instantsiya sudi sudyaning alohida fikri bilan tanishishga haqli.
lex.uz’dagi asl matnCode of Administrative Court Procedure
19-modda. Masalalarni sud tomonidan hay'at tarkibida hal qilish tartibi
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.