Ma'muriy organlarning va fuqarolar o'zini o'zi boshqarish organlarining, ular mansabdor shaxslarining qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish to'g'risidagi ishlar sud tomonidan ushbu Kodeksda nazarda tutilgan umumiy qoidalarga ko'ra, mazkur bobda belgilangan xususiyatlarni inobatga olgan holda ko'rib chiqiladi.
Ma'muriy organlarning va fuqarolar o'zini o'zi boshqarish organlarining, ular mansabdor shaxslarining qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish to'g'risidagi ishlar, agar ularni ko'rib chiqish qonun bilan boshqa davlat organlarining vakolatiga kiritilmagan bo'lsa, sudda ko'rib chiqiladi.
Ma'muriy organlarning va fuqarolar o'zini o'zi boshqarish organlarining, ular mansabdor shaxslarining qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish to'g'risidagi ishlarni yuritish fuqarolar yoki yuridik shaxslarning (bundan buyon matnda manfaatdor shaxs deb yuritiladi) arizalari asosida qo'zg'atiladi.
lex.uz’dagi asl matnCode of Administrative Court Procedure
184-modda. Ma'muriy organlarning va fuqarolar o'zini o'zi boshqarish organlarining, ular mansabdor shaxslarining qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish to'g'risidagi ishlarni ko'rib chiqish tartibi
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.