Barcha dalillar tekshirilganidan keyin sud majlisida raislik qiluvchi ishda ishtirok etuvchi shaxslardan ularda ish bo'yicha qo'shimcha materiallar bor-yo'qligini aniqlaydi. Sud bunday materiallar mavjud bo'lmagan taqdirda, sud muzokaralariga o'tadi.
Sud muzokaralari ishda ishtirok etuvchi shaxslarning og'zaki chiqishlaridan iborat bo'ladi. Muzokaralarda ular ish bo'yicha o'z nuqtai nazarini asoslaydi.
Sud muzokaralarida birinchi bo'lib arizachi, keyin nizoning predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qiluvchi uchinchi shaxs va javobgar so'zga chiqadi. Nizoning predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qilmaydigan uchinchi shaxs ishda qaysi arizachining yoki javobgarning tarafida ishtirok etayotgan bo'lsa, shu arizachidan yoki javobgardan keyin so'zga chiqadi.
Boshqa shaxslarning huquqlari va qonun bilan qo'riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish maqsadida sudga murojaat etgan prokuror, shuningdek davlat organlarining va boshqa shaxslarning vakillari sud muzokaralarida birinchi bo'lib so'zga chiqadi.
Sud muzokaralari ishtirokchilari sud tomonidan aniqlanmagan holatlarga va sud majlisida tekshirilmagan yoki sud tomonidan yo'l qo'yib bo'lmaydigan deb tan olingan dalillarga tayanishga haqli emas.
Ishda ishtirok etuvchi prokuror sud muzokaralarida nizoning mazmuniga doir fikrini oxirida bayon etadi, bundan ushbu moddaning to'rtinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno.
lex.uz’dagi asl matnCode of Administrative Court Procedure
151-modda. Sud muzokaralari
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.