Ma'muriy organning qarori yoki uning mansabdor shaxsining harakati (harakatsizligi) ustidan berilgan arizani (shikoyatni) ko'rishda mansabdor shaxsning yoki uning vakilining sud majlisidagi ishtiroki majburiy hisoblanadi.
Ushbu arizani (shikoyatni) ko'rishda mansabdor shaxs yoki uning vakili sud majlisida ishtirok etmagan taqdirda sud muhokamasi keyinga qoldiriladi.
Ma'muriy organ mansabdor shaxsining yoki uning vakilining sud muhokamasida ishtirok etmaganligi sud tomonidan uzrli deb topilmagan taqdirda, sud mansabdor shaxsga nisbatan sud jarimasini qo'llashga haqli.
Ma'muriy organ mansabdor shaxsining yoki uning vakilining ishtiroki ishning har tomonlama, to'liq va to'g'ri hal qilinishiga to'sqinlik qilmagan taqdirda, ish davlat organi mansabdor shaxsining yoki uning vakilining ishtirokisiz ko'rib chiqilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matnCode of Administrative Court Procedure
148¹-modda. Ma'muriy organ mansabdor shaxsining yoki uning vakilining sudga kelmaganligi oqibatlari
(148¹-модда Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 14 августдаги ЎРҚ-1165-сонли Қонунига асосан киритилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 14.08.2026 й., 03/26/1165/0841-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.