Code of Administrative Court Procedure

142-modda. Saylov komissiyalarining, referendum o'tkazuvchi komissiyalarning xatti-harakatlari (qarorlari) ustidan berilgan shikoyatlarni ko'rib chiqish muddati va tartibi

(142-модданинг номи Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 5 февралдаги ЎРҚ-1117-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 07.02.2026 й., 03/26/1117/0116-сон)

Saylov komissiyasining, referendum o'tkazuvchi komissiyaning xatti-harakatlari (qarorlari) ustidan berilgan shikoyat berilgan kundan e'tiboran uch kundan kechiktirmay sud tomonidan ko'rib chiqilishi, agar saylovga yoki referendumga olti kundan kam vaqt qolgan bo'lsa, darhol ko'rib chiqilishi lozim. Shikoyat sud tomonidan arizachini va tegishli saylov komissiyasining vakilini yoki referendum o'tkazuvchi komissiyaning vakilini, shuningdek, prokurorni, agar shikoyat arizachiga emas, balki boshqa fuqaroga daxldor bo'lsa, o'sha shaxsni ham chaqirgan holda ko'rib chiqiladi. Bu shaxslarning kelmasligi ishni ko'rib chiqishga to'sqinlik qilmaydi. Sudning hal qiluv qarori chiqarilishi bilanoq darhol tegishli saylov komissiyasiga, referendum o'tkazuvchi komissiyaga va arizachiga topshiriladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.