Code of Administrative Court Procedure

140¹-modda. Dastlabki eshituv

(140¹-модда Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 14 августдаги ЎРҚ-1165-сонли Қонунига асосан киритилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 14.08.2026 й., 03/26/1165/0841-сон)

Ma'muriy organlarning, fuqarolar o'zini o'zi boshqarish organlarining va ular mansabdor shaxslarining qonunchilikka mos kelmaydigan hamda fuqarolar yoki yuridik shaxslarning huquqlarini va qonun bilan qo'riqlanadigan manfaatlarini buzadigan qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan nizolashish to'g'risidagi ishni sud muhokamasiga tayyorlash jarayonida dastlabki eshituv o'tkaziladi. Sudya dastlabki eshituvni ariza sudga kelib tushgan kundan e'tiboran yigirma kundan kechiktirmay o'tkazadi, ushbu muddat sud muhokamasi uchun belgilangan muddatga kiritilmaydi. Dastlabki eshituvni o'tkazish chog'ida sudya: 1) arizachining talablarini va javobgarning e'tirozlarini aniqlashtiradi; 2) arizadagi kamchiliklarni bartaraf etish choralarini ko'radi; 3) talablarni isbotlash uchun arizachiga zarur dalillarni hamda javobgarga fikrini yozma ravishda taqdim etish bo'yicha tushuntirishlar beradi; 4) arizadagi talablarga va ishdagi dalillarga dastlabki huquqiy baho (ishga daxldor bo'lmagan taraflarni almashtirish, qo'shimcha javobgarni jalb qilish va boshqalar) beradi. Bunda ko'rilayotgan ishning mazmunan hal etilishi bo'yicha yakuniy fikr bildirishga yo'l qo'yilmaydi. Dastlabki eshituv bo'yicha majlisning vaqti va joyi to'g'risida taraflar buyurtma xat orqali yoki xabardor qilinganligi fakti qayd etilishini ta'minlaydigan aloqa vositalaridan foydalangan holda xabardor qilinadi. Dastlabki eshituv bo'yicha majlis o'tkazilganligi to'g'risida bayonnoma tuzilib, unda quyidagilar ko'rsatiladi: majlis o'tkazilgan sana va joy; ishni yuritayotgan sudning nomi; sudyaning va majlis kotibining (sudya yordamchisining yoki katta yordamchisining) familiyasi hamda ismi-sharifining bosh harflari; taraflar va ularga protsessual huquq va majburiyatlari tushuntirilganligi to'g'risidagi ma'lumotlar; taraflar tomonidan berilgan tushuntirishlar. Taraflar kelmagan taqdirda, sudya ushbu Kodeksning 140-moddasida ko'rsatilgan harakatlarni amalga oshiradi. Bunday holda dastlabki eshituv bo'yicha bayonnoma tuzilmaydi. Dastlabki eshituv natijasiga ko'ra arizani ko'rmasdan qoldirish yoki kelishuv bitimini tasdiqlash yoxud ish bo'yicha sud muhokamasini tayinlash to'g'risida ajrim chiqariladi»;
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.