Sudlarda ishlar muhokamasi oshkora o'tkaziladi.
Davlat sirini yoki qonun bilan qo'riqlanadigan boshqa sirni saqlash zarur bo'lgan taqdirda, ishni yopiq sud majlisida eshitishga yo'l qo'yiladi. Ishni yopiq majlisda videokonferentsaloqa rejimida eshitishga yo'l qo'yilmaydi, bunday majlisning audio- va videoyozuvi esa amalga oshirilmaydi.
Eshitish yopiq sud majlisida o'tkazilgan taqdirda, ishni elektron shaklda shakllantirishga yo'l qo'yilmaydi.
Ishni yopiq sud majlisida muhokama qilish to'g'risida ajrim chiqariladi.
Sudning hal qiluv qarori barcha hollarda oshkora o'qib eshittiriladi.
lex.uz’dagi asl matnCode of Administrative Court Procedure
13-modda. Sud muhokamasining oshkoraligi
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.