Ishda ishtirok etuvchi shaxslar sud muhokamasining vaqti va joyi to'g'risida sud ajrimi orqali xabardor qilinadi, ajrim topshirilganligi ma'lum qilinadigan buyurtma xat orqali yuboriladi yoki ushbu shaxslarga tilxat olib topshiriladi yoxud xabardor qilinganligi fakti qayd etilishini ta'minlaydigan aloqa vositalaridan foydalangan holda xabardor qilinadi. Ma'muriy sud ishlarini yuritishning boshqa ishtirokchilari sud ajrimi orqali, zarur hollarda esa chaqiruv qog'ozlari, telegrammalar, fakslar, teletayplar hamda boshqa aloqa vositalari orqali xabardor qilinadi va sudga chaqiriladi.
Sud xabarnomalari va chaqiruvlari ish materiallariga qo'shib qo'yiladi.
lex.uz’dagi asl matnCode of Administrative Court Procedure
124-modda. Sud xabarnomalari va chaqiruvlarini yuborish tartibi
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.