Ma'muriy javobgarlik kodeksi

99-modda. Shaharsozlik to'g'risidagi qonunchilikni buzish

(99-модда биринчи қисмининг диспозицияси Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 5 февралдаги ЎРҚ-1118-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 09.02.2026 й., 03/26/1118/0120-сон. Кучга кириш санаси — 2026 йил 10 май)

Loyihalash, qurilish-montaj ishlari bajarilayotganda talablarni buzish, shuningdek Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida nazorat qilish inspektsiyasining ko'rsatmalarini bajarishdan qasddan bo'yin tovlash yoki o'z vaqtida bajarmaslik (bundan 300 kub metrdan ortiq bo'lmagan yashash uchun mo'ljallanmagan joylar hamda ikki qavatdan yuqori bo'lmagan (tsokolni hisobga olmagan holda), balandligi yer yuzasidan 12 metrdan va (yoki) umumiy maydoni 500 kvadrat metrdan ortiq bo'lmagan yakka tartibdagi uy-joy qurilish ob'yektlari mustasno), — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining o'ttiz baravari, mansabdor shaxslarga esa — yetmish baravari miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi. Xuddi shunday huquqbuzarlik ma'muriy jazo chorasi qo'llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo'lsa, — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravari, mansabdor shaxslarga esa — bir yuz ellik baravari miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi. Loyiha tashkiloti tomonidan buyurtmachiga qurilish-montaj ishlari davomida loyihaga muvofiq beriladigan majburiy ko'rsatmalarni to'liq bajarmaslik, — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining qirq baravari, mansabdor shaxslarga esa — yetmish baravari miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi. Ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni ma'muriy jazo chorasi qo'llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etish, — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yetmish baravari, mansabdor shaxslarga esa — yuz baravari miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi. Binokorlik materiallarini, konstruktsiyalarini va buyumlarini ishlab chiqarishda texnik reglamentlar talablarini buzish, — mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining bir yuz ellik baravari miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi. Ushbu moddaning beshinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni ma'muriy jazo chorasi qo'llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etish, — mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravari miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi. Qurilishi tugallangan binolar va inshootlarni foydalanishga qabul qilish qoidalarini buzish, — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yetmish baravari, mansabdor shaxslarga esa — bir yuz ellik baravari miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi. Shaharsozlik to'g'risidagi qonunchilikka muvofiq binolarni, inshootlarni yoki boshqa ob'yektlarni qurish, rekonstruktsiya qilish va kapital ta'mirlashga taqiqlar (cheklovlar) belgilangan zonalarda ushbu ishlarni bajarish yoki aholi punktlarining tasdiqlangan bosh rejalariga, ularni rejalashtirish va qurish loyihalariga zid ravishda (bosh rejalarda nazarda tutilmagan) binolar va inshootlarni loyihalashtirish, rekonstruktsiya qilish va qurish, — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir yuz ellik baravari, mansabdor shaxslarga esa — ikki yuz baravari miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi. Ob'yektlarni Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida nazorat qilish inspektsiyasini yoki Transport nazorati inspektsiyasini xabardor qilmasdan yoxud ro'yxatdan o'tkazmasdan qurish, — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir yuz ellik baravari, mansabdor shaxslarga esa — ikki yuz baravari miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi. Ob'yektlarni ekspert tashkilotlarning shaharsozlik hujjatlariga doir ijobiy xulosasisiz qurish, — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yetmish baravari, mansabdor shaxslarga esa — yuz baravari miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi. Ushbu moddaning o'ninchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni ma'muriy jazo chorasi qo'llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etish, — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravari, mansabdor shaxslarga esa — bir yuz ellik baravari miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi. Shaharsozlik hujjatlariga ularda nogironligi bo'lgan shaxslarga shart-sharoitlar yaratish bo'yicha loyihaning alohida bo'limi (qismi) mavjud bo'lmagan holda yoki shaharsozlik normalari va qoidalariga muvofiq bo'lmagan ushbu alohida bo'lim (qism) bo'yicha ekspert tashkilotlar tomonidan ijobiy xulosa berish, — bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yetmish baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi. Shaharsozlik hujjatlarida nogironligi bo'lgan shaxslarga shart-sharoitlar yaratish bo'yicha loyihaning alohida bo'limiga (qismiga) amal qilinmagan holda qurilishi tugallangan binolar va inshootlardan foydalanish uchun O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida nazorat qilish inspektsiyasi organlari tomonidan ruxsatnoma berish, — bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yetmish baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.