Ma'muriy javobgarlik kodeksi

94-modda. Noyob yoki yo'q bo'lib ketish xavfida turgan hayvonlarni yo'q qilib yuborish, o'lja qilish yoxud shunday hayvonlarning qirilib ketishiga, sog'i kamayib ketishiga yoki yashash muhiti buzilishiga sabab bo'lishi mumkin bo'lgan boshqa harakatlar sodir etish

(94-модда биринчи қисмининг санкцияси Ўзбекистон Республикасининг 2019 йил 3 декабрдаги ЎРҚ-586-сонли Қонуни таҳририда — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 04.12.2019 й., 03/19/586/4106-сон)

O'zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan hayvon turlariga mansub noyob yoki yo'q bo'lib ketish xavfida turgan hayvonlarni yo'q qilib yuborish, o'lja qilish yoxud ularning tuxum, uvildir qo'yadigan inlarini, boshpanalarini yo'q qilish, inlarini, uyalarini va boshqa yashash joylarini buzish yoxud shunday hayvonlarning qirilib ketishiga, soni kamayib ketishiga yoki yashash muhiti buzilishiga sabab bo'ladigan boshqa harakatlar sodir etish yoxud bunday hayvonlarni ovlash ruxsatnomasida ko'rsatilgan shartlarni buzgan holda o'lja qilish — shu huquqbuzarliklarni sodir etish quroli bo'lgan ashyolarni musodara qilib yoki musodara qilmay, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o'n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o'n baravaridan o'n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi. Xuddi shunday huquqbuzarliklar ma'muriy jazo chorasi qo'llanilgandan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo'lsa, — shu huquqbuzarliklarni sodir etish quroli bo'lgan ashyolarni musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining o'n baravaridan o'n besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o'n besh baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.