Daraxtlarni, butalarni, boshqa o'simliklarni va nihollarni qonunga xilof ravishda kesish, kundakov qilish, shikastlantirish, yo'q qilish yoki boshqa joyga ko'chirib o'tkazish, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — ellik baravaridan yetmish besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.
O'z hududida binolarni, inshootlarni yoki boshqa ob'yektlarni qurish, rekonstruktsiya qilish chog'ida belgilangan talablarni buzib, kimyoviy, biologik vositalarni qo'llagan holda daraxtlarni, butalarni yoki boshqa o'simliklarni qasddan shikastlantirish, payhon qilish yoki yo'q qilish, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining o'ttiz besh baravaridan ellik baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — oltmish baravaridan yetmish besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.
Ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni ma'muriy jazo chorasi qo'llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etish, —
ma'muriy huquqbuzarliklarni sodir etish quroli bo'lgan ashyoni yoki ma'muriy huquqbuzarlikning bevosita ashyosini musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yetmish besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetmish besh baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki o'n besh sutkagacha muddatga ma'muriy qamoqqa olishga sabab bo'ladi.
Yuridik shaxslarga tegishli bo'lgan yoki o'zlariga biriktirilgan hududlarda daraxtlarni muhofaza qilish va saqlashga doir qonunchilikda belgilangan choralarni ko'rmaganlik, —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining o'n baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.
Daraxtlar va butalarning qimmatbaho navlarini kesishga, kundakov qilishga, shikastlantirishga yoki yo'q qilishga olib keladigan loyiha hujjatlarini ishlab chiqish, —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yetmish besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.
lex.uz’dagi asl matnMa'muriy javobgarlik kodeksi
79-modda. Daraxtlarni, butalarni, boshqa o'simliklarni va nihollarni qonunga xilof ravishda kesish, kundakov qilish, shikastlantirish, yo'q qilish yoki boshqa joyga ko'chirib o'tkazish
(79-модда Ўзбекистон Республикасининг 2024 йил 21 ноябрдаги ЎРҚ-1004-сонли Қонунига асосан иккинчи қисм билан тўлдирилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 22.11.2024 й., 03/24/1004/0948-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.