Ma'muriy javobgarlik kodeksi

76-modda. Suv xo'jaligi ob'yektlari va qurilmalarini shikastlantirish, ulardan foydalanish qoidalarini buzish, shuningdek gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi to'g'risidagi qonunchilikni buzish

(76-модданинг номи Ўзбекистон Республикасининг 2023 йил 30 августдаги ЎРҚ-865-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 30.08.2023 й., 03/23/865/0664-сон — 2023 йил 1 декабрдан кучга киради)

Suv xo'jaligi inshoootlari va qurilmalarini shikastlantirish, — bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi. Suv xo'jaligi ob'yektlari va qurilmalaridan foydalanish qoidalarini buzish, shuningdek gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi to'g'risidagi qonunchilikni buzish, — mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravaridan o'n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.