Foydali qazilmalar joylashgan maydonlarga o'zboshimchalik bilan imoratlar qurish, foydali qazilma konlarini ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish hamda kon nazorati organlari bilan kelishmay turib ishga solish, yer osti boyliklaridan foydalanish talablari va tartibini buzish (bundan foydali qazilmalarni litsenziyasiz qazib olish mustasno), yer qa'ridan foydalanishda ishlarni olib borish xavfsizligi talablarini buzish, yer osti boyliklarini muhofaza qilish qoidalarini va tabiiy muhitni, binolar va inshootlarni yer osti boyliklaridan foydalanish bilan bog'liq bo'lgan ishlarning zararli ta'siridan muhofaza qilish talablarini bajarmaslik, yer osti suvlari rejimini kuzatish uchun qazilgan quduqlarni, marksheyderlik va geologik belgilarni yo'q qilish yoki shikastlantirish, xuddi shuningdek umumtarqalgan foydali qazilmalardan foydalanish qoidalarini yerga egalik qiluvchilar va yerdan foydalanuvchilar tomonidan buzish, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining o'n baravaridan yigirma baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o'ttiz baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.
Konlarning boy uchastkalarini tanlab ishlatish, mineral xom ashyoni qazib olayotganda va qayta ishlashda foydali qazilmalarni normativdan ortiq nobud qilish, foydali qazilma konlarini yaroqsiz holga keltirish va foydali qazilma zaxiralaridan oqilona foydalanish talablarini boshqacha tarzda buzish —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining o'n baravaridan o'ttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.
Marksheyderlik hujjatlarini yo'qotish, tugatilayotgan yoki konservatsiya qilinayotgan konlarni va burg'ilangan quduqlarni aholining xavfsizligini ta'minlovchi holatga keltirib qo'yish talablarini, shuningdek konservatsiya vaqtida konlarni, qazilayotgan joylarni va burg'ilangan quduqlarni muhofaza etish talablarini bajarmaslik —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining o'n baravaridan o'ttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.
Ushbu moddaning birinchi, ikkinchi yoki uchinchi qismlarida nazarda tutilgan huquqbuzarlik ma'muriy jazo chorasi qo'llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo'lsa, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan ellik baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.
lex.uz’dagi asl matnMa'muriy javobgarlik kodeksi
70-modda. Yer osti boyliklarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish talablarini buzish
(70-модда биринчи қисмининг диспозицияси Ўзбекистон Республикасининг 2020 йил 22 январдаги ЎРҚ-603-сонли Қонуни таҳририда — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 23.01.2020 й., 03/20/603/0071-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.