Ma'muriy javobgarlik kodeksi

59²-modda. Oilaviy (maishiy) zo'ravonlik

(59²-модда иккинчи қисмининг диспозицияси Ўзбекистон Республикасининг 2024 йил 21 октябрдаги ЎРҚ-978-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 22.10.2024 й., 03/24/978/0835-сон)

Xotiniga (eriga), sobiq xotiniga (sobiq eriga), bir ro'zg'or asosida birgalikda yashayotgan shaxsga yoki umumiy farzandga ega bo'lgan shaxsga nisbatan sodir etilgan mulk, ta'lim olish, sog'liqni saqlash va (yoki) mehnatga oid huquqni amalga oshirishga to'sqinlik qilish, mol-mulkiga va shaxsiy ashyolariga qasddan shikast yetkazish, xuddi shuningdek ushbu shaxslar sog'lig'ining yomonlashuviga olib kelgan tarzda ularning sha'ni va qadr-qimmatini tahqirlash, ularni qo'rqitish, yaqin qarindoshlaridan ajratib qo'yish, basharti jinoyat alomatlari, shuningdek ushbu Kodeksda nazarda tutilgan boshqa huquqbuzarliklar alomatlari mavjud bo'lmasa, — bazaviy hisoblash miqdorining o'n baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki o'n sutkagacha muddatga ma'muriy qamoqqa olishga sabab bo'ladi. Xotinini (erini), sobiq xotinini (sobiq erini), bir ro'zg'or asosida birgalikda yashayotgan shaxsni yoki bolani, shuningdek umumiy farzandga ega bo'lgan shaxsni do'pposlash, ushbu shaxslarga sog'liqning qisqa muddatga yomonlashuviga yoki mehnat qobiliyatining uncha uzoq bo'lmagan muddatga yo'qolishiga olib kelmagan qasddan badanga yengil shikast yetkazish, — bazaviy hisoblash miqdorining o'n baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki o'n besh sutkagacha muddatga ma'muriy qamoqqa olishga sabab bo'ladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.