Ma'muriy javobgarlik kodeksi

50¹-modda. Xususiy bandlik agentliklari to'g'risidagi qonunchilikni buzish

(50¹-модда иккинчи қисмининг диспозицияси Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 11 ноябрдаги ЎРҚ-1095-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 12.11.2025 й., 03/25/1095/1036-сон)

Mansabdor shaxs tomonidan xususiy bandlik agentliklari to'g'risidagi qonunchilikni buzish, — bazaviy hisoblash miqdorining o'n baravaridan o'n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi. Xususiy bandlik agentliklarining mansabdor shaxslari tomonidan o'z faoliyati haqidagi ma'lumotlarni O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligiga taqdim etmaslik, xuddi shuningdek ma'lumotlarni buzib ko'rsatish yoki ma'lumotlarni taqdim etish muddatlarini buzish, — bazaviy hisoblash miqdorining o'n besh baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi. Ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar ma'muriy jazo qo'llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo'lsa, — bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravaridan o'ttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.