Ma'muriy javobgarlik kodeksi

46²-modda. Shaxsga doir ma'lumotlar to'g'risidagi qonunchilikni buzish

(46²-модда Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 21 январдаги ЎРҚ-1115-сонли Қонунига асосан иккинчи қисм билан тўлдирилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.01.2026 й., 03/26/1115/0063-сон)

Shaxsga doir ma'lumotlarni qonunga xilof ravishda yig'ish, tizimlashtirish, saqlash, o'zgartirish, to'ldirish, ulardan foydalanish, ularni berish, tarqatish, uzatish, egasizlantirish va yo'q qilish, xuddi shuningdek axborot texnologiyalaridan foydalangan holda, shu jumladan Internet jahon axborot tarmog'ida O'zbekiston Respublikasi fuqarolarining shaxsga doir ma'lumotlariga ishlov berilayotganda jisman O'zbekiston Respublikasi hududida joylashgan texnik vositalarda hamda Shaxsga doir ma'lumotlar bazalarining davlat reyestrida belgilangan tartibda ro'yxatdan o'tkazilgan shaxsga doir ma'lumotlar bazalarida shaxsga doir ma'lumotlarni yig'ishga, tizimlashtirishga va saqlashga oid talablarga rioya etmaslik, — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravari, mansabdor shaxslarga esa — ellik baravari miqdorida jarima solishga sabab bo'ladi. Sun'iy intellekt texnologiyalaridan foydalangan xolda shaxsga doir ma'lumotlarga qonunga xilof ravishda ishlov berish, ularni ommaviy axborot vositalarida, telekommunikatsiya tarmoqlarida yoki Internet jahon axborot tarmog'ida tarqatish, — ma'muriy huquqbuzarlikni sodir etish qurollarini musodara qilib, bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.