Ma'muriy javobgarlik kodeksi

38-modda. Yetkazilgan zararni qoplash majburiyatini yuklash

(38-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 12 январдаги ЎРҚ-665-сонли Қонуни таҳририда — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 13.01.2021 й., 03/21/665/0015-сон)

Ma'muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxs ma'muriy huquqbuzarlik oqibatida keltirilgan zararni qoplashi shart. Basharti ma'muriy huquqbuzarlik sodir etish oqibatida jismoniy shaxsga, korxona, muassasa, tashkilotga, fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organi yoki davlatga yetkazilgan mulkiy zarar belgilab qo'yilgan bazaviy hisoblash miqdoridan ko'p bo'lmasa, organ (mansabdor shaxs) jazo qo'llanish paytida aybdor bu zararni qoplashi to'g'risidagi masalani ham hal etishga haqlidir, jinoyat ishlari bo'yicha sud esa — bu masalani yetkazilgan zarar miqdoridan qat'i nazar hal qilaveradi. Boshqa hollarda ma'muriy huquqbuzarlik natijasida yetkazilgan mulkiy zararni qoplash fuqarolik-huquqiy tartibida hal qilinadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.